Cho‘ng‘araliklar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida kasallik aniqlangan yuzga yaqin kishiga muolajalar tavsiya etildi.
Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Umarov boshchiligida yuqori malakali shifokorlardan iborat ishchi guruhi Rishton tumani Cho‘ng‘ara qishlog‘ida bo‘lib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijasida kasallik aniqlangan yuzga yaqin kishiga muolajalar tavsiya etildi.Cho‘ng‘araning bir yillik ehtiyojidan kelib chiqib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 350 million so‘mlik dori-darmonlar yetkazib berildi. 10 nafar nuroniy va nogironga “Oltiariq” va “Tovoqsoy” sihatgohlariga bepul yo‘llanmalar tarqatildi.