Chiroqchilik ota 20 million so‘m aliment to‘ladi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumandagi Buronjuz qishlog‘ida yashovchi N.Sh. 2003 yilda o‘z qishlog‘iga D.E.ga turmushga chiqqan.
O‘zaro turmushlari davomida 3 nafar farzand tug‘ilib, voyaga yetayotgan bir vaqtda, o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, 2013 yilda N.Sh. bolalari bilan ota uyiga qaytib ketadi va turmush o‘rtog‘idan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish maqsadida sudga murojaat qiladi.
– Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining N.Sh. foydasiga aliment undirish to‘g‘risidagi ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chiroqchi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi, – deydi MIB Chiroqchi tuman bo‘limi davlat ijrochisi Zafar Sayfullayev.
– Qarzdor aliment pullarini belgilanganidan kam miqdorda to‘lab kelgan. Davlat ijrochilarining huquqiy tushuntirishlari va ogohlantirishlaridan so‘ng, qarzdor joriy yilning 25 iyun kuni 20 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.
O‘lmas Barotov, O‘zA