Chinakam ma’naviy xazina
FOTOREPORTAJ
Kuni kecha Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan hududdagi axborot-kutubxona markazlari uchun sovg‘a qilingan “Turkiy adabiyot durdonalari” kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishning ahamiyati haqida to‘xtalib, axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirish yo‘lida qilinayotgan ishlarni e’tirof etdi.
– O‘ttiz yildan buyon shu sohada ishlab kelaman, - deydi Quva tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Iltifotxon Oxunova. – Bugun faoliyatim davomidagi eng quvonchli kunlarimdan biri bo‘ldi, desam yanglishmayman. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan bizga juda katta ma’naviy xazina tortiq qilindi. Bu kitoblar kitobxonlarimiz uchun haqiqiy sovg‘adir.
[gallery-12905]
Mazkur to‘plamga umumturkiy adabiyotining eng yetuk namoyandalari, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlari asarlari kiritilgan.
Tadbir so‘ngida “Turkiy adabiyotlar durdonalari” to‘plami viloyatdagi har bir tuman-shahar axborot-kutubxona markazlari uchun 170 nomda va 470 nusxada tantanali ravishda topshirildi.
Muqimjon QODIROV(surat), O‘zA