Chimkent - go‘zal shahar
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida poytaxtmizda "Chimkent - go‘zal shahar" deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida poytaxtmizda "Chimkent - go‘zal shahar" deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida dastlab Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasida kitoblar ko‘rgazmasi hamda amaliy san’at namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.
Yozuvchi va shoirlar ishtirokidagi uchrashuvda adabiy, madaniy-ma’rifiy muloqotlarimiz ko‘lami tobora kengayib borayotgani, bu esa xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilayotganidan darak berayotgani ta’kidlandi.
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan gala-konsertda qardosh xalqing san’atkorlar va iste’dodli yoshlar ijrosida do‘stlik, birodarlik, mehr-muhabbat, Vatanni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.