Chempion yirik hisobda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga bahslarining ikkinchi tur uchrashuvlari doirasida amaldagi chempion – “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon – 1912” jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXV milliy chempionati oliy liga bahslarining ikkinchi tur uchrashuvlari doirasida amaldagi chempion – “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Qo‘qon – 1912” jamoasi ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.Uchrashuvda Igor Sergeyev ikkita, Sherzod Karimov va Suhrob Berdiyev bittadan to‘p kiritib, jamoasining muvaffaqiyatini ta’minladi. Ikkita g‘alabaga erishgan “Paxtakor” 6 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.
“Lokomotiv” klubi mehmonda “Andijon” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Nasaf” safarda “Olmaliq”ni, “Metallurg” esa “Mash’al”ni xuddi shu hisobda yengdi.
“Bunyodkor” safarda “So‘g‘diyona” jamoasini, “Qizilqum” “Sho‘rtan”ni, “Neftchi” esa o‘z maydonida “Navbahor”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
“Obod” (Toshkent) va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.