Chelyabinskka 300 ming dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi
“Oʻzbekiston eksportchilari” uyushmasi “Altaka” kompaniyasi bilan ikki tomonlama manfaatli bitimni imzoladi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Oʻzbekiston eksportchilari” uyushmasi “Altaka” kompaniyasi bilan ikki tomonlama manfaatli bitimni imzoladi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining “Altaka” kompaniyasi endilikda uyushmaga aʼzo tadbirkorlar mahsulotlarini Chelyabinsk hududiga eksport qila boshlaydi.
Shu bilan birga, Chelyabinskda “Made in Uzbekistan” brendi ostida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo uyi ochilishining koʻzda tutilishi ham shu kelishuv natijasidir.
Ayni kunlarda mamlakatimiz tadbirkorlarining umumiy qiymati 300 ming dollarlik qishloq xoʻjaligi, konserva va qandolat mahsulotlari eksport uchun hozir qilinmoqda.