«Chelsi» Enso Fernandes uchun164 million yevro talab qilmoqda
«Manchester Siti» esa avval o‘z futbolchilaridan birini sotib, shundan keyingina Fernandes transferini ko‘rib chiqmoqchi.
Londonning «Chelsi» klubi «Manchester Siti»ga argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesni €164 mln evaziga sotishga tayyorligini bildirgan.
Manbaga ko‘ra, Fernandes hanuz «Manchester Siti»ga o‘tishga ijobiy qaramoqda, biroq transferni amalga oshirish uchun klub rahbariyatiga bosim o‘tkazmoqchi emas.
«Manchester Siti» esa avval o‘z futbolchilaridan birini sotib, shundan keyingina Fernandes transferini ko‘rib chiqmoqchi.
25 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.