Chekka hududdagi maktab otaliqqa olindi
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashabbusi bilan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabi otaliqqa olindi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, 3-sektor vakillari, mahalla faollari, o‘qituvchi-murabbiylar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Aytish joizki, keyingi yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tizimda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yetuk va barkamol avlodlarni voyaga yetkazishda muhim poydevor bo‘lmoqda. Yurtimizning turli go‘shalarida zamonaviy maktablarning barpo etilayotgani, o‘quv maskanlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.

Tadbirda so‘z olganlar maskanning otaliqqa olingani yoshlar kelajagi yo‘lida qo‘yilgan xayrli qadam bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Shu kuni maktab kutubxonasiga milliy va jahon adabiyotiga oid eng yaxshi kitoblar topshirildi. O‘quvchi yoshlarga sport anjomlari va kiyimlari tuhfa qilindi. “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Zakovat” bellashuvi, milliy xalq o‘yinlari va sport musobaqalari yoshlarning yurtga sadoqat, mardlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.


IIV akademiyasi Axborot xizmati