Chavandozlarimiz Rossiya turnirida medalli bo‘ldi
Rossiyaning Moskva viloyatida o‘tayotgan konkur bo‘yicha “MAXIMA MASTERS Eurasia Cup” turnirida mamlakatimiz chavandozlari 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
To‘siq balandligi 130 santimetrdan iborat bo‘lgan jamoaviy bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari Ibrohim Yo‘ldoshev, Bekzod Ro‘zmuhamedov hamda A’zam Tolibboyev munosib qatnashdi.
15 ga yaqin jamoa qatnashgan musobaqada hamyurtlarimiz bronza medallariga ega chiqdi. Ushbu dasturda oltin medal qirg‘izistonlik, kumush esa Rossiya terma jamoasi a’zolariga nasib etdi.

Xalqaro turnirning bolalar o‘rtasidagi Gran-pri dasturida Firdavsbek Davronbekov 110 santimetr balandlikdagi bahslarda uchinchi o‘rinni egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA