Chad muvaqqat hukumati tuzildi
Harbiy kengash 40 vazirdan iborat bo‘lgan Chad muvaqqat hukumati tuzilganini e’lon qildi.
“Vazirlarning aksariyati yaqinda vafot etgan prezident Idris Debi davridagi vazirlar mahkamasi tarkibida bo‘lgan lavozimini saqlab qolgan”, deyiladi harbiy kengashning matbuot xizmati ma’lumotida.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, “Chad harbiy kengashi Bahimiy Badakiy Albert boshchiligidagi muvaqqat hukumatni tuzgan”.
Harbiylarning bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi o‘tish davri bir yarim yil bo‘lib, shundan so‘ng saylovlar o‘tkaziladi.