«C5+1» shaklidagi navbatdagi uchrashuv to‘g‘risida
23 aprel kuni videokonferens aloqa orqali Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining «C5+1» shaklidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirlari va AQSH Davlat kotibi ishtirok etadi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan mintaqaviy siyosat, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning iqtisodiyot, mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish hamda Afg‘onistonda mustahkam tinchlikka erishishga ko‘maklashish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.