Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi
Qirgʻiziston hukumati davlat qarzining limitini YAIMga nisbatan 70 foizgacha koʻtarilishini taklif qilmoqda.
Qirgʻiziston hukumati davlat qarzining limitini YAIMga nisbatan 70 foizgacha koʻtarilishini taklif qilmoqda.
28 yanvar kuni parlamentning byudjet va moliya masalalari boʻyicha qoʻmitasi Byudjet kodeksiga tegishli oʻzgartirishlarni kiritdi. Bu haqda parlament matbuot xizmati maʼlum qildi.
Moliya vaziri Baqtigul Jeenbayevaning tushuntirishicha, YEOIH toʻgʻrisidagi Shartnoma qoidalariga koʻra, byudjetdagi taqchillik YAIMning 3 foizdan oshib ketmasligi kerak, YAIMga nisbatan davlat qarzdorlik darajasi 70 foizdan oshmasligi lozim.
Deputatlarning savoliga javob bergan vazir 70 foiz ayni damda “optimal” koʻrsatkich ekanligini taʼkidladi.
Tashabbuschilarning fikricha, limitning oshirilishi, byudjet qonunchiligini takomillashtirilishiga olib keladi, uni xalqaro standartlarga yaqinlashtiradi va davlat moliyaviy boshqaruvida ilgʻor innovatsiyalarga moslashtiradi.
Moliya vazirligining 2018 yil 30 noyabrdagi maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻizistonning davlat qarzi 4 mlrd. 477 mln. dollarni yoki YAIMning 58 foizga yaqinini tashkil qiladi. Davlat qarzining 85,7 foiz hajmini tashqi qarz, 14,3 foizni ichki qarz tashkil qiladi.