Buyuk Britaniya va YEI oziq-ovqat savdosidagi tösiqlarni kamaytiriş böyiça kelişuvga yaqinlaşdi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş doirasida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sanitariya va fitosanitariya standartlarini YEI talablariga muvofiqlaştirişni rejalaştirmoqda.
Bu haqda Birlaşgan Qirollik boş vaziri Endi Bernxem maʼlum qildi. “Sky News” telekanali xabar berişiça, London va Bryussel oziq-ovqat hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari savdosida byurokratik tösiqlarni qisqartirişga qaratilgan kelişuv loyihasi şartlari böyiça kelişib olgan.
Boş vazirning taʼkidlaşiça, Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalarini yaqinlaştiriş mamlakat yalpi içki mahsulotining qöşimça 0,4 foizga ösişiga xizmat qilişi mumkin. Şuningdek, yangi kelişuv Britaniya korxonalari uçun maʼmuriy xarajatlarni kamaytiriş va eksport imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
Kelişuv loyihasiga muvofiq, oziq-ovqat, ösimlik va boşqa mahsulotlar savdosida amaldagi sertifikatlaş tartiblari hamda tekşiruvlarning aksariyati bekor qilinişi közda tutilmoqda. Bu fermerlar, oziq-ovqat işlab çiqaruvçilar va eksportçilarning xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirişi mumkin. Britaniya hukumati hisob-kitoblariga köra, kelişuv mamlakat iqtisodiyotiga yiliga 5,1 milliard funt sterlinggaça iqtisodiy foyda keltirişi kutilmoqda.
Taʼkidlanişiça, muzokaralar yakuniy bosqiçda. Tomonlar kelişuvni 20-noyabr kuni Bryusselda ötkaziladigan Buyuk Britaniya – Yevropa Ittifoqi sammitiga qadar yakunlaşni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, Buyuk Britaniya 2020-yil 31-yanvarda Yevropa Ittifoqidan rasman çiqqan. Yangi kelişuv “Brexit” jarayonidan keyin ikki tomonlama savdo munosabatlarini soddalaştiriş yölidagi muhim qadamlardan biri bölişi kutilmoqda.
A.Mamatov, ÖzA