Buyuk Boburiylar saltanati tarixi manbashunosligi (+video)
Buyuk Amir Temurning beshinchi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur Hindiston va Afg‘onistonni zabt etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi, lirik asarini sharq she’riyatining yorqin asarlari bilan taqqoslash mumkin bo‘lgan buyuk shoir, buyuk yozuvchi, geograf va tarixchi, biolog kabi iste’dodlarga ega bo‘lgan inson edi.
Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni qo‘lga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, san’atda, me’morchilik va madaniyatning qator sohalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Boburning tarixchi, geograf, etnograf, nasriy yozuvchi va shoir sifatidagi layoqati hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Tarixchi, iste’dodli so‘z san’atkori, davlat arbobi va sarkarda Bobur vafotidan to‘rt asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi, ammo uning nomi boqiydir.
<iframe width="855" height="481" src="https://www.youtube.com/embed/jvOiUSmv3uY" title="Buyuk Boburiylar saltanati tarixi manbashunosligi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA