Buxoroda Vatan himoyachilari sharaflandi
Buxoro viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Viloyat rahbari harbiylarni, ularning timsolida viloyat ahlini Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutladi. Tadbirda bir guruh kuch-tuzilmalar rahbarlariga “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni topshirildi.
[gallery-5468]
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbari sovrini uchun o‘tkazilgan “Amir Temur o‘g‘lonlari” musobaqalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Viloyatda faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhiga viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbarining diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Zarif Komilov,
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA