Buxoroda “Qovun sayli” boshlandi
Buxoroda mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlab anʼanaviy “Qovun sayli” bayrami boshlandi.
Buxoroda mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlab anʼanaviy “Qovun sayli” bayrami boshlandi.
Har yili viloyat markazining Favvoralar maydonida katta tantana sifatida oʻtadigan “Qovun sayli”ni bu yil Buxoro shahrining 11 ta hududida tashkil etishga qaror qilindi.
1996-yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan “Qovun sayli”da “Koʻkcha”, “Amiri”, “Novvoti”, “Boʻrikalla”, “Kampirchopon”, “Dahbedi”, “Sherozi”, “Toshloqi”, “Gulobi”, “Barginay” kabi oʻttizga yaqin bir-biridan xushxoʻr navlar taqdim etilmoqda.
Saylning dastlabki kuni viloyatning barcha tumanlaridagi 197 ta fermer xoʻjaligi tomonidan yetishtirilgan 1217 tonna qovun-tarvuz shaharliklar dasturxoniga tortiq qilindi. Bundan tashqari, tadbirda sarxil meva-sabzavotlar, asalarichilik mahsulotlari savdosi ham tashkil etildi.