Buxoroda o‘qituvchi va murabbiylar sharaflandi
FOTOREPORTAJ
Buxoroda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga ta’lim sohasi fidoyilari taklif etildi.
[gallery-19549]
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi faolligi uchun bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarga viloyat hokimligining tashakkurnomalari, tegishli vazirliklarning ko‘krak nishonlari topshirildi.
Bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lgan soha vakillari hamda nuroniy ustozlar diydori tadbirga yanada fayz qo‘shdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA