Buxoroda hashar tadbiri ko‘tarinki ruhda boshlandi
Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida hashar tadbiri milliyligimizni ifodalangan holda, xalqimizga xos ravishda ertalabdan boshlandi.
Hashar tadbirida korxona, tashkilot va muassasalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari ishtirok etmoqda. Ular o‘zlariga tegishli hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib bormokda.
Tadbirda hududlarga biriktirilgan vakillar erta tongdan o‘zlariga yuklatilgan vazafalarni bajarish maqsadida mahallalarda targ‘ibot ishlarni olib bordi. Ularga o‘z xonadonlari atrofini obodonlashtirish va kelayotgan bayramni munosib kutib olish tushuntirildi.
Hashar tadbirida viloyatdagi tashkilotlar va maxallalardan mingdan ortiq fuqarolar katnashmokda.
–Tumanimizda 43 ta katta texnika obodonlashtirish, yo‘llarni ta’mirlash ishlarida ishtirok etmokda, – deydi Jondor tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Jamol Ashurov. – Xududdagi barcha xonadonlarni tartibga solish, tomorqa yerlariga ekinlarni ekish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha eslatmalar yetkazildi. Shu asosda hududda ko‘tarinki ishlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-1543]
Zarif Komilov,
Tohir Istatov(surat)
O‘zA