Buxoroda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yangi mavsumiga start berildi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejining yopiq sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda taniqli va faxriy sportchilar, mahallalarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yosh oilalari, viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari sportchi yoshlari ishtirok etdi.
[gallery-16341]
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yilgi birinchi mavsumi doirasida madaniyat, san’at, sport, IT va kasblar tanlovi kabi qator yo‘nalishlarni o‘ziga qamrab olgan 25 ta tanlov va musobaqa o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash kerak, ushbu mavsumda “Yosh kitobxon oila”, “Yosh quruvchi”, “Yosh musavvir”, “Mushoira”, “Ibrat” chet tillari, “Elektoromontaj ustasi”, “Payvandlash ustasi” kabi yo‘nalishlar qo‘shilgan.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA