Buxoroda 400 nafar xotin-qiz doimiy iş bilan taʼminlandi
Buxoro şahrida aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, yangi iş örinlari yaratiş va işlab çiqarişni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şaharda ilgari foydalanilmay kelingan böş hududlarda yangi işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş borasida ham amaliy işlar olib borilmoqda. Jumladan, töğridan-töğri investitsiyalar hisobidan “Şoyigul” tikuvçilik fabrikasi faoliyati yölga qöyildi.
Ayni paytda korxonada 400 nafar mahalliy xotin-qiz doimiy iş bilan taʼminlangan. Ular orasida xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan ayollar ham bor.
Fabrikada işçi-xodimlar uçun zarur mehnat va maişiy şaroitlar yaratilgan. Xususan, bepul transport qatnovi yölga qöyilgan, issiq ovqat bilan taʼminlaş tizimi taşkil etilgan. Işçilarning oylik maoşi bajaradigan işi va mehnat hajmiga qarab 3 million sömdan 10 million sömgaça yetadi.
Korxonada tayyorlanayotgan tikuvçilik mahsulotlari içki bozor bilan bir qatorda xorijga ham yetkazib berilmoqda. Xususan, mahsulotlar Yevropa mamlakatlari va Turkiyaga eksport qilinmoqda.
[gallery-32305]
Mazkur fabrikaning faoliyat boşlaşi hududda xotin-qizlar bandligini oşiriş, ularning kasbiy salohiyatidan samarali foydalaniş va oilalar daromadini köpaytirişga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, xorijda mehnat qilib qaytgan ayollar uçun öz yurtida, oilasi bağrida işlaş imkoniyati yaratilgani ahamiyatlidir.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA