Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan holat bartaraf etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shaharchasiga yaqin hududda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi.
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan xabarga ko‘ra, bugun 10 fevral kuni soat 11:26 da “Gazli” magistral gaz qazish boshqarmasining diametri 1020 mm bo‘lgan 26 kg bosim ostidagi “Buxoro-Ural” MGQning yer ostidan o‘tgan 106 km.da (eng yaqin aholi maskani Romitan tumani “Qizil rabot” mahalla fuqarolar yig‘inidan 40 km uzoqlikda) avariya sodir bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 11:30 muruvvatlari yopilib, qoldiq gazlarni chiqib ketishi kuzatilgan. Hozirda avariya to‘liq bartaraf etilgan. Voqea joyiga viloyat FVB, Romitan tumani FVB boshlig‘i 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri