Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda
Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” korxonasida bölib, neft-kimyo klasterining faoliyati va istiqbolli rejalari bilan tanişdi.
Tabiiy resurslarni çuqur qayta işlab, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş mamlakatimiz sanoat siyosatining muhim yönalişlaridan biridir. Buxoro tumanidagi klaster neft va gaz kondensati, nafta, metanol hamda piroliz distillyatini qayta işlaşga ixtisoslaşgan. Uşbu yönalişdagi majmua respublikada yagona hisoblanadi.

Korxona 69 gektar maydonni egallagan. Bu yerda 500 nafarga yaqin kişi mehnat qilmoqda. Majmuada yiliga 100 ming tonna piroliz distillyati, şuningdek, 160 ming tonna nafta va gaz kondensatini qayta işlaş quvvati mavjud. Bu yoqilği bilan bir qatorda kimyo sanoati uçun zarur mahsulotlar oliş imkonini beradi. Jumladan, oktanbuster benzin sifatini oşirişda, eritgiçlar esa böyoq, lak, yelim va maişiy kimyo mahsulotlari işlab çiqarişda qöllanadi.

Prezidentimizga klasterni kengaytirişning navbatdagi bosqiçi töğrisida axborot berildi.

2028-yil yakuniga qadar 292 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. U gaz kondensati va naftani qayta işlaş, aromatik uglevodorodlar hamda eritgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyişni nazarda tutadi. Natijada yillik qayta işlaş quvvati qöşimça 400 ming tonnaga oşişi va 700 ta yangi iş örni yaratilişi kutilmoqda.

Yangi quvvatlar işga tuşişi bilan texnologlar, muhandislar, kimyogarlar va laboratoriya mutaxassislariga ehtiyoj ham ortadi. Davlatimiz rahbari şu munosabat bilan hududda kasbiy taʼlim va işlab çiqariş örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş zarurligiga eʼtibor qaratdi.

Korxona Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yiliga 180 ming tonnaga yaqin neft-kimyo mahsulotlari, avtobenzin va dizel yoqilğisini eksport qilişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, 2028–2030-yillarda 150 ming tonna suyultirilgan gazni qayta işlaş loyihasi yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Prezidentimiz klasterning eksport salohiyatini oşiriş va yangi quvvatlar uçun malakali kadrlar tayyorlaş böyiça tavsiyalar berdi.