“Business Way” loyihasi taqdimoti
O‘zLiDeP hamda O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyihaga binoan tadbirkorlar, yoshlar, investorlar uchun bir qator interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zLiDeP hamda O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyihaga binoan tadbirkorlar, yoshlar, investorlar uchun bir qator interaktiv xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.Bu haqda poytaxtimizda loyiha taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ma’lum qilindi.
– Mazkur biznes maydonchaning tashkil etilishidan asosiy maqsad innovatsion va zamonaviy biznes g‘oyalarini amalga oshirish orzusidagi yoshlarni tadbirkorlar bilan uchrashtirib, ularning ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirish hamda tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashishdir, – deydi O‘zbekiston tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent shahar filiali rahbari A.Muxsinov.
“Business Way” loyihasining taqdimoti, ayniqsa, yoshlar tomonidan qiziqish bilan qarshi olindi.
Tadbirda o‘z biznesini boshlash niyatida bo‘lgan yoshlarrejalari bilan tanishtirdi.