Bugun Yevropada 20 yil kutilgan to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi (+video)
Bugun, 12-avgust kuni Yevropa osmonida millionlab insonlar intiqlik bilan kutgan noyob astronomik hodisalardan biri — to‘liq Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi.Uni Grenlandiya, Islandiya, Ispaniyaning shimoliy hududlari hamda Portugaliyaning shimoli-sharqiy qismida to‘liq kuzatish mumkin, boshqa ayrim Yevropa mamlakatlarida esa qisman tutilish namoyon bo‘ladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu Yevropa aholisi uchun so‘nggi yigirma yil ichidagi eng muhim osmon voqealaridan biri hisoblanadi.
Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning ma’lum qilishicha, Ispaniya shimoli Quyosh tutilishini tomosha qilish uchun eng qulay nuqtalardan biri sanaladi. Shu sababli minglab sayyohlar va astronomiya ishqibozlari aynan shu hududga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Quyoshning to‘liq tutilishi — Oy Yer va Quyosh orasidan o‘tib, quyosh diskni to‘liq to‘sib qo‘yadigan va kunduzi ham atrof qorong‘ilashadigan noyob astronomik hodisadir.Astronomlarning eslatishicha, Quyoshga oddiy ko‘z bilan faqat tutilishning to‘liq fazasi vaqtida — quyosh diski Oy tomonidan butunlay to‘silgan qisqa davr mobaynidagina xavfsiz qarash mumkin. Boshqa barcha vaqtlarda ISO 12312-2 xalqaro standartiga mos keluvchi maxsus himoya ko‘zoynaklaridan foydalanish shart.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/nuPLYM2_1cM" title="Bugun 20 yil kutilgan to‘liq quyosh tutilishi kuzatiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA