Bugun Yevropa Chempionlar ligasi saralashining javob o‘yinlari o‘tkaziladi
Umarali Rahmonaliyev to'p tepayotgan "Sabah" KuPS mehmoni bo'ladi.
Bugun, 28-iyul kuni 2026/27-yilgi UEFA Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqichining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar kunidan o‘rin olgan oltita bahs quyidagicha:
28-iyul (Toshkent vaqti bilan):
20:00 — «KuPS» (Finlandiya) — «Sabah» (Ozarbayjon). Birinchi o‘yin — 0:1.
21:00 — «Linkoln» (Gibraltar) — «Myelbyu» (Shvetsiya). Birinchi o‘yin — 0:3.
23:00 — «Dinamo Zagreb» (Xorvatiya) — «Tun» (Shveytsariya). Birinchi o‘yin — 1:1.
23:15 — «Sele» (Sloveniya) — «Egnatiya» (Albaniya). Birinchi o‘yin — 3:3.
23:45 — «Harts» (Shotlandiya) — «Shturm» (Avstriya). Birinchi o‘yin — 0:4.
00:00 (29-iyul) — «Shemrok Rovers» (Irlandiya) — «Ararat-Armaniya» (Armaniston). Birinchi o‘yin — 0:2.
Eslatib o‘tamiz, UEFA Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning PSJ klubi hisoblanadi. Parijliklar o‘tgan mavsum finalida Londonning «Arsenal» jamoasini mag‘lub etgandi.