Bugun Yaponiya atom energetikasi qanday rivojlanmoqda?
Oʻzbekiston delegatsiyasi joriy yilning 2-7-dekabr kunlari Yaponiyaga qilgan xizmat safarida mazkur mamlakatning atom elektr stansiyalaridan foydalanish boʻyicha tajribasini oʻrganishga muvaffaq boʻldi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi joriy yilning 2-7-dekabr kunlari Yaponiyaga qilgan xizmat safarida mazkur mamlakatning atom elektr stansiyalaridan foydalanish boʻyicha tajribasini oʻrganishga muvaffaq boʻldi.
Safar chogʻida delegatsiya Toshiba Energy Systems & Solutions Corporation (TESS) korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Toshiba Keihin Factory zavodidagi issiqlik va atom elektr stansiyalari uchun asosiy texnologik uskunalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, ular ishlatilgan yadro yoqilgʻisi va yadroviy materiallar omborxonalari faoliyati va u yerda ishlatilgan yadro yoqilgʻisi va yadroviy materiallar omborxonalari atrof-muhit, unga tutash hududlarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi haqida ham atroflicha maʼlumotga ega boʻldi.
Delegatsiya uchun JAPC kompaniyasining “Suruga” AESidagi xavfsizlik talablarini yangi talablarga moslashtirish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirgi paytda ushbu stansiyaning ikkinchi energoblokini qayta ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Ushbu AES qoshidagi avariyaga javob choralarini koʻrish boʻyicha oʻquv-mashq markazi xam mavjud.
“Fukusima-1” AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar ham delegatsiyaning alohida diqqat markazida boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, “Fukusima” AES dagi halokatgacha (2011, mart), Yaponiyada 54 ta faoliyatdagi atom reaktori mavjud edi. Yaponiya atom elektr stansiyalari mamlakat elektr energiyasining 30 foizga yaqin qismini ishlab chiqargan. Hozirgi paytda beshta AES da 9 ta reaktor ishlatilmoqda. Hozirgi kunda qolgan reaktorlar modernizatsiya va qayta ishga tushirish bosqichida turibdi.