Bugun Turkiya va Eron rasmiylari Eronda uchrashadi
Bugun, 15 noyabrda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li rasmiy tashrif bilan Eronga boradi.
“Turk tashqi ishlar mahkamasi shunday ma’lumot berdi”, deyiladi “REGNUM” xabarida.
Ma’lumotda: “Mavlud Chavusho‘g‘li 15 noyabrda Eron tashqi ishlar vaziri Xusayn Amir Abdullaxiyon taklifiga binoan mazkur mamlakatga boradi”, deyilgan.
Ta’kidlanishicha, ikki davlat vakillari o‘zaro munosabatlarni muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashadi.
11 noyabrda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an AQSH Gretsiyaning Aleksandrupolisida harbiy bazasini ochishi bilan amalda Gretsiya AQSHning mintaqadagi tayanchiga aylanishi bo‘yicha bayonot bergandi.