Bugun tug‘ilgan kun – Xayrullo Bozorov
Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov 1976 yil 16 yanvarda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan.
Xayrullo Bozorov 1997 yil Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlab, viloyat Davlat soliq boshqarmasida ish boshlagan. Keyinchalik soliq sohasi, viloyat hamda tuman hokimliklari tizimida mas’ul lavozimlarda ishladi.
Xayrullo Bozorov viloyat hokimi o‘rinbosari hamda Uchqo‘rg‘on, Chust, Mingbuloq tumanlari hokimi bo‘lgan. 2015 -2020 yillarda Namangan viloyati hokimi vazifasida ishlagan. 2020 yil 25 sentyabrda Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
U “Do‘stlik” ordeni va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
***
PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-3 7
Saytimizni kuzatib boring!
O‘zA