Bugun tug‘ilgan kun – Iqbol Mirzo
Mirzaaliyev Iqbol Mirzakarimovich 1967-yil 1-may kuni Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani Qo‘shtegirmon qishlog‘ida tug‘ilgan.
Ijodkor mehnat faoliyatini matbuot va teleradio sohasida boshlab, turli yillarda “O‘zbekiston tabiati”, “Vatan” gazetalari hamda “O‘zteleradiokompaniya” tizimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u “Assalom O‘zbekiston” studiyasida bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, parlamentda esa senator va deputat sifatida ishlagan.
Iqbol Mirzoning “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, “Meni eslaysanmi?”, “Tanlangan she’rlar”, “Qo‘shiqlarim”, “Sizni kuylayman” kabi qator asarlari chop etilgan.
Ijodkor 2005-yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoniga sazovor bo‘lgan, shuningdek “Shuhrat” medali va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Ayni paytda ijodkor “Jadid” gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat olib bormoqda.
***
P/S: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari yodga olinadi.
Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru
Saytimizni kuzatib boring!