Bugun O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan 3ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi
Bugun 3ta bellashuv bo'lib o'tadi.
O‘zbekiston Superligasining 13-tur bellashuvlari boshlanmoqda.
Bugun milliy chempionatimizning navbatdagi tur bahslariga start beriladi.
"Buxoro" - "Bunyodkor"
Navoiy "Yoshlar SM" maydonida "Buxoro" klubi Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi maydonga tushadi. Har ikki jamoa ham o‘tgan 12-turda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan edi. Mezbonlar Farg‘onada "Neftchi" klubi mehmoni bo‘lib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan ikkita gol evaziga kambek qurboni bo‘lgan edi. "Qaldirg‘ochlar" esa o‘z uylarida "Nasaf"ni qabul qildi. Uchrashuvda "ajdarlar" 3:1 hisobida zafar quchgan edi.
Ayni vaqtda "Buxoro" 20 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalining 3-pog‘onasini egallagan. "Bunyodkor" esa 19 ochko jamg‘arib 5-o‘rinni band etib turibdi. Uchrashuv 20:00da start oladi.

"Paxtakor" - "Xorazm"
Superligasining asosiy favoritlaridan sanalgan "Paxtakor" jamoasi 13-turda "Xorazm" jamoasini mehmon qiladi. Toshkent klubi bu mavsumda ham "Neftchi" klubining asosiy raqobatchisi bo‘lib turibdi. Oradagi farq esa 4 ochkoni tashkil etadi. O‘tgan turda "sherlar" o‘z uylarida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushib, qimmatli ochkolarni yo‘qotdi. "Xorazm" esa Superligada 4 o‘yindan buyon g‘alaba nima ekanini bilmay kelmoqda. Ular so‘nggi marta 18-aprel kuni "Mash’al"ni minimal hisobda taslim qilgan edi. O‘tgan turda esa Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘lib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Paxtakor" o‘tkazilgan 12ta uchrashuvda 27 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Xorazm" 13 ochko bilan 12-pog‘onani band etib turibdi. Bellashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida 20:00da boshlanadi.

"So‘g‘diyona" - "Neftchi"
O‘zbekiston Superligasining amaldagi chempioni Farg‘onaning "Neftchi" klubi bu turda Jizzaxga safar qiladi. "So‘g‘diyona" chempionat peshqadamiga qarshi maydonga tushadi. Joriy mavsumda ham chempionlik sari dadil odimlayotgan farg‘onaliklarni jiddiy sinov kutib turibdi. Yozgi transferlar bozorida ancha faollik ko‘rsatayotgan Jizzax klubi "yo‘lbarslar"ga jiddiy raqobat taklif qilishga harakat qiladi. O‘tgan turda "Neftchi" o‘z maydonida chempionat kashfiyotiga aylanayotgan "Buxoro" jamoasini qabul qilib kambek evaziga g‘alaba qozongan edi. "Bo‘rilar" ham o‘z maydonlarida "Xorazm"dan ustun keldi. Jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga qaraydigan bo‘lsak, "Neftchi" 31 ochko bilan chempionat karvonboshisi bo‘lib turibdi. "So‘g‘diyona" esa 12 ochko bilan 14-o‘rindan joy olgan. Ushbu bahs ham 20:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
