Bugun Doxada Yevroittifoq va tolibon vakillai uchrashadi
Yevroittifoq vakillarining tolibon vakillari bilan bugun, 12 oktyabrda Doxada tashkil qilinuvchi uchrashuvi texnik ko‘rinish va ahamiyat kasb etadi.
“ANSA” xabariga ko‘ra, Yevroittifoq bu muzokaralarda tolibon hukumati qonuniyligini tan olish singari masalalarni muhokama qilmaydi – hali bu haqda gap bormaydi.
Ayni bir paytda mamlakatda inklyuziv hukumat tuzilishi lozimligi masalasi muhokamada bo‘ladi.
Shuningdek, odamlar Afg‘onistonni tark etishi uchun imkoniyatlarni osonlashtirish ham ko‘rib chiqiladi.
Muzokarachilar, shuningdek, Afg‘onistondagi inson huquqlari masalasini ham muhokama qiladi.