Buenos-Ayres - 2018: Oxirgi kun bahslari
Argentinada III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetib bormoqda.
Argentinada III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetib bormoqda.
Oʻzbekistonlik muxlislar uchun albatta boks boʻyicha bahslar katta qiziqishga sabab boʻlmoqda. Bugun uch nafar bokschimiz yarim finalda oʻz janglarini oʻtkazishdi.
-69 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Jahongir Rahmonov argentinalik Agustin Arreguiga qarshi jang qildi va imkoniyatni boy berib qoʻydi. -81 kg vaznli Timur Merjanov rossiyalik Ruslan Kolesnikovga magʻlub boʻldi.
-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakovning argentinalik bokschi Mirko Kueloga qarshi jangi esa kechaning eng shiddatli toʻqnashuvlaridan biri boʻldi. Arenaga yigʻilganlarning asosiy qismi albatta bu jangda mezbon bokschiga muxlislik qilishdi, jang davomida qoʻllab-quvvatlashdi. Shunga yarasha Kuelo ham jangni ajoyib oʻtkazdi. Ammo, bahs davomida koʻproq ustunlikka erishgan Abdumalik yakunda gʻalaba qozondi va final yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Endi ikki nafar bokschimiz bronza medali uchun jang qilsa, biri oltin medal uchun ringga koʻtariladi.
17-oktabr:
Bronza medali uchun:
-69 kg: Jahongir Rahmonov – Nijat Hasanov (Ozarbayjon) (22:00).
Shuningdek, bugungi bahslar davomida yana bir nafar sportchimiz chiqish qiladi:
Karate:
-53 kg: Dildora Aliqulova (saralash va final)
Ertaga esa ikki nafar bokschimiz ringga koʻtariladi.
18-oktabr:
Oltin medal uchun:
-56 kg: Abdumalik Xalakov – Maksim Kalinichev (Ukraina) (21:30).
Bronza medali uchun:
-81 kg: Timur Merjanov – Yusuf Ali Karar (Misr) (22:45).