Brigadirning rejasi amalga oshmadi
Vobkentda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi jinoyat ustida ushlandi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.
Vobkent tumani obodonlashtirish boshqarmasi “Daydi va qarovsiz qolgan hayvonlarni ovlash” brigadiri vazifasida ishlovchi fuqaro I.S. bir fuqaroni aldab, uni vakolatli tanishlari orqali tuman obodonlashtirish boshqarmasiga elektrik vazifasiga ishga joylashtirish evaziga “pora” berishga dalolat qiladi.
Natijada firibgarlik yo‘li bilan undan 200 AQSH dollari berishni talab qiladi. Joriy yil 16 mart kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.S. Vobkent tuman I.Buxoriy ko‘chasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA