Bo‘zatovda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda tumanda 2 ming 340 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Yilning dastlabki to‘rt oyida 524 ta ish o‘rni tashkil etish belgilangan bo‘lsa, amalda 914 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholining daromad manbalarini kengaytirish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash hamda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.
[gallery-29888]
Tumanda hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida imtiyozli kreditlar ajratilib, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashilmoqda. Xususan, Bo‘zatov shaharchasida yashovchi Qiyos Kevlimjayev “Xalq banki”dan olgan imtiyozli kredit hisobidan chorvachilik faoliyatini tashkil etgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA