Bo‘z matoga gul bosish san’ati ustasi
Buxorolik Mijgona Murodova chitgarlik san’ati – bo‘z matoga o‘yma yog‘och qolip yordamida gul bosish bilan shug‘ullanadi.
– Chitgarlik qo‘l mehnatiga asoslangan nafis san’at turi hisoblanadi, - deydi Mijgona Murodova.
[gallery-3267]
– Ushbu san’atni qaynonam Malika Habibovadan o‘rganganman. Gul bosilgan asarlar o‘ziga xos chiroyga ega bo‘lib, uni yaratish jarayoni to‘qish, bo‘yash, gul bosishni o‘z ichiga oladi. Ayollar sumkalari, choyshab, dasturxon, zamonaviy-milliy liboslarda chitgarlik san’atini keng qo‘llaymiz.
Chitga anorgul, tol bargi, qizil gul, shoxchalar bilan islimiy naqshli gullar tushirilgan san’at asarlari bugungi kunda Buxoroga kelgan xorijiy sayyohlarga ham manzur bo‘lmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA