Botanika bog‘i barpo etiladi
1961-yildan buyon har yili Namangan shahrida an’naviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan gullar bayrami bugungi kunda xadqaro miqyosga chiqib, yetti iqlimni o‘ziga rom etmoqda. Joriy yilda o‘tkazilgan yubiley – 65-festivalni ko‘rish uchun 1 milliondan ortiq maxalliy va xorijiy turistlar yurtimizga kelishgani buning yorqin isbotidir.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiyaning «Brocenna» va «Göktan» kompaniyalari direktori Tanriverdi Belgin, kompaniyalar ta’sischilari Eraslan Nejat va Bayindir Ismail Xakki gulchilik sohasida hamkorlik qilish istagini bildirdi.
Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan konstruktiv ruhdagi muloqotda gulchilik sohasini rivojlantirish, gullarning yangi navlarini yetkazib berish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida hamkorlikda botanika bog‘i barpo etish taklifi ilgari surildi. Mazkur tashabbus mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

E’tiborlisi shundaki, Botanika bog‘ini tashkil etish orqali turli xildagi gullar va manzarali o‘simliklar kolleksiyasini yaratish, gulchilik sohasida xalqaro tajribani joriy etish hamda hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish nazarda tutilmoqda.
Mehmonlar tashrif davomida viloyatdagi gulchilik rivojlangan hududlarda bo‘lib, hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri