Boshqarmada quyosh panellari o‘rnatildi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi ma’muriy binosiga qiymati 344 million so‘m bo‘lgan 30 kVt/s quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur muqobil elektr energiya ishlab chiqarish qurilmalarining yillik ishlab chiqarish quvvati esa 86,4 ming kVt soatni tashkil etadi. Qurilmalar 6,5 yilda o‘z xarajatlarini to‘liq qoplashi ko‘zda tutilgan.


Ma’lumot uchun, joriy yil boshida “Olot” chegara bojxona postiga qiymati 1 milliard 100 million so‘m bo‘lgan 100kVt/s quvvatdagi quyosh panellari o‘rnatildi. Qurilmalar yiliga 192,5 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega. Bundan tashqari, boshqarma ma’muriy binosi hamda “Olot” chegara bojxona postiga 200 litr sig‘imli quyosh energiyasidan quvvatlanib, suv isitishga mo‘ljallangan 2 qurilmalar o‘rnatildi.
Zarif Komilov, O‘zA