Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv seminari
Bugun Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani XTB boshlang‘ich ta’lim metodisti Marhabo O‘ljaboyeva tashabbusi bilan 14- umumta’lim maktabida tumandagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida «Ta’lim islohotlarini amalga oshirishda mahorat darslarining ahamiyati» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Dars interfaol metodlardan va axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda tashkil etildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nilufar Abduqodirovaning «O‘quvchilar bilim samaradorligini oshirishda so‘z qudrati va ruhlantirishning o‘rni» mavzusidagi metodik tavsiyasi yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi hamda «Iqtidorli o‘qituvchilar klubi» deb nomlangan bellashuvga ulanib ketdi.

Shu kuni, seminarda iqtidorli o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va bor mahoratlarini namoyon qilishdi. O‘quv seminarida VXTB boshlang‘ich ta’lim metodisti G.Davronova va tuman, shaharlardan fan metodistlari hamda maktab metodbirlashma rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar so‘ngida fan metodistlari, o‘qituvchilar va viloyat boshlang‘ich ta’lim metodisti G. Davronova tomonidan ochiq darslar tahlil qilindi.

Mazkur seminarda ishtirok pedagoglar o‘zaro fikr va tajriba almashib, tadbir davomida o‘zlariga kerakli bo‘lgan metodik xulosalarga ega bo‘ldilar.
O‘zA