Bosh prokuratura “Yer nazorati” telegram-boti ishga tushirildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida “Yer nazorati” maxsus telegram-bot dasturi ishga tushirildi.
Ushbu (@YerNazoratBot) telegram boti orqali fuqarolarimizda o‘z hududidagi yer maydonlaridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi va boshqa holatlar yuzasidan tezkor ma’lumot berish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bosh prokuratura o‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan vatandoshlarimizni jamoatchilik nazoratida faol ishtirok etishga chaqirdi. Unutmang, yerning har bir qarichi – sizu bizning, xalqimizning mulkidir!
O‘zA