Boş prokuratura: tadbirkorlarga solingan jarima va penyalar bekor qilindi
Tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş davlat siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Prezident rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlarda tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay şart - şaroitlar yaratiş, ularning qonuniy faoliyatiga asossiz aralaşuvlarni çeklaş, xususiy mulkni himoya qiliş va davlat organlari masʼuliyatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu yondaşuvning amaliy mazmuni tadbirkorning qonuniy faoliyat yuritişi uçun zarur huquqiy kafolatlarni taʼminlaş, muammolarni öz vaqtida hal etiş va davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlaşda namoyon böladi.
«Xalq boy bölsa, davlat ham boy va qudratli böladi». Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan uşbu ğoya aholi farovonligi, tadbirkorlikni rivojlantiriş va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş örtasidagi uzviy boğliqlikni ifodalaydi.
Boş prokuratura ötkazgan tahlillarda ayrim hollarda soliq organlari tomonidan qonunçilik talablariga töliq rioya etilmasligi oqibatida tadbirkorlik subʼektlariga asossiz moliyaviy majburiyatlar yuklatilişi, jarima yoki penya hisoblanişi kabi muammolar uçrayotgani aniqlangan.
Bunday holatlar tadbirkorning mulkiy manfaatlariga zarar yetkazişi, aylanma mablağlariga salbiy taʼsir körsatişi va faoliyatini davom ettirişini qiyinlaştirişi ehtimolini yuzaga keltiradi, albatta.
Şuni hisobga olib, prokuratura organlari tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qiliş, davlat organlari qarorlarining qonuniyligi va asosliligini taʼminlaş hamda aniqlangan qonun buzilişlarini bartaraf etmoqda.
Tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan qabul qilinadigan maʼmuriy yoki moliyaviy qarorlar qonuniy, asoslangan va işning haqiqiy holatlariga muvofiq bölişi şart.
Xususan, soliq majburiyatlari, moliyaviy sanksiyalar va penyalarni belgilaşda birlamçi hujjatlar, tölov maʼlumotlari va soliq hisobotlari har tomonlama örganilişi, tadbirkor taqdim etgan dalillar xolis baholanişi lozim.
Prezidentimiz tadbirkorlar bilan muloqotlarda tadbirkorlik subʼektlarining muammolarini tinglaş va ularni hal etiş, biznes yuritişga tösqinlik qilayotgan ortiqça talablarni bartaraf etiş zarurligini muntazam taʼkidlab keladi.
Şu nuqtai nazardan, davlat organlari qarorlarining qonuniyligi va asosliligini taʼminlaş uşbu siyosatning amaliy ifodalaridan biri hisoblanadi.
Prokuratura organlarining tadbirkorlik subʼektlari huquqlarini himoya qilişdagi amaliy ahamiyati natijasida soliq organi qarori qayta körib çiqilib, tadbirkorlar huquqi tiklandi.
Jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yurituvçi «Q.d.d» masʼuliyati çeklangan jamiyatiga nisbatan ötkazilgan tekşiruvda 676,7 million sömlik tovarlar omborda yoki realizatsiya qiliş joyida mavjud emasligi aniqlangan.
Şu asosda Qoraqalpoğiston Respublikasi soliq boşqarmasining qarori bilan jamiyatga nisbatan 135,3 million söm miqdorida moliyaviy jarima qöllanilgan.
Biroq, taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, kamomad sifatida baholangan 676,7 million sömlik dori vositalari böyiça tölovlar amalga oşirilgan va sotilgan tovarlar uçun hisobvaraq - fakturalar rasmiylaştirilgan. Şunga qaramay, soliq organi mazkur holatlarni tekşirişda inobatga olmagan.
Jamiyat soliq organi qarorini haqiqiy emas deb topişni sörab sudga murojaat qilgan. Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantiriş rad etilgan.
Keyinçalik Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasi hamda taftiş instansiyasi sudining qarorlari bilan quyi sudning hal qiluv qarori özgarişsiz qoldirilgan.
Jamiyat murojaati Boş prokuratura tomonidan örganildi. Natijada taftiş tartibidagi protest asosida iş Oliy sudda qayta körib çiqilgan va soliq organining qarori haqiqiy emas deb topilgan.
Natijada tadbirkorning arizasi qanoatlantirilib, uning buzilgan huquqlari tiklangan.
Mazkur holat şuni körsatadiki, tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini himoya qilişda işning haqiqiy holatlarini töliq örganiş, hujjatlarga xolis baho beriş va qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekşiriş muhimdir.
Qonunçilikda belgilangan huquqiy mexanizmlardan foydalaniş asossiz qarorlarni qayta körib çiqiş va buzilgan huquqlarni tiklaş imkonini beradi.
Tadbirkorlik subʼektlari huquqlarini himoya qilişdagi yana bir muhim masala – soliq penyalarini hisoblaşning qonuniyligi bilan boğliq.
Xususan, Buxoro viloyatida faoliyat yurituvçi «B.f.t» masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaytarilgan qöşilgan qiymat soliği asossiz qaytarilgani asosi bilan uşbu mablağlarni qaytarilgan kunidan byudjetga tölaş sanasiga qadar penya hisoblangan.
Vaholanki, soliq organi tomonidan muqaddam uşbu holat yuzasidan kameral soliq tekşiruvi ötkazilib, qaytarilgan qöşilgan qiymat soliği qonuniyligi böyiça xulosa qilgan.
Prezidentning 2022-yil 13-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekşiruvlar va profilaktika tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisida”gi nizom köra, nazorat qiluvçi organ tomonidan ilgari tekşirilgan faoliyat davri, predmeti va obʼekti böyiça qayta tekşiruv ötkazilmaydi.
Jamiyat tomonidan soliq boşqarmasining nizoli qarorlarida körsatilgan holatlar yuzasidan muqaddam qayta soliq hisoboti taqdim etilgan bölişiga qaramay, penya hisoblanişi davom etgan va natijada 3 338,2 million söm miqdorida soliq qarzdorligi yuzaga kelgan.
Mazkur qarordan norozi bölgan jamiyatning maʼmuriy sudga bergan arizasi rad etilgan.
Boş prokuratura aralaşuvi bilan nizoli holat böyiça qonuniy hamda asosli qaror qabul qilinişi taʼminlanib, «B.f.t» masʼuliyati çeklangan jamiyatining huquqlari tiklandi.
Bu kabi misollar soliq majburiyatlarini hisoblaşda har bir operatsiyaning huquqiy va moliyaviy mazmunini töğri baholaş, tölovlarni öz vaqtida va tegişli tartibda hisobga oliş, penyalarni esa faqat qonunçilikda belgilangan asoslar mavjud bölgandagina qöllaş zarurligini körsatadi.
Asossiz moliyaviy talablar tadbirkorning aylanma mablağlariga taʼsir körsatişi va uning iş faoliyatini qiyinlaştirişi mumkin. Şu sababli, bunday holatlarni oldini oliş muhim ahamiyatga ega.
Norgul Abduraimova,
ÖzA