Bolalar mehnati endi dolzarb emas
Xalqaro mehnat tashkiloti taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda bolalar mehnatidan muntazam foydalanishga chek qo‘yildi.
Paxta dalalarida ishlayotganlarning asosiy mehnat huquqlarini ta’minlashda sezilarli yutuqlarga erishildi. O‘tgan yili paxta yig‘im-terimida ishlaganlarning 96 foizidan ko‘prog‘i ixtiyoriy mehnat qildi va o‘quvchilar, o‘qituvchilar, shifokorlar va hamshiralarni mavsumiy ishlarga muntazam jalb qilishga endi yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashkilotning «O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi davrida bolalar mehnati va majburiy mehnatning 2020 yilgi monitoringi» ma’ruzasi mamlakat bo‘ylab 9 mingdan ortiq odam ishtirokida o‘tkazilgan suhbat va so‘rovlarga asoslangan.