Bokschilarimizning g‘alabalari davom etmoqda
Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan erkaklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yana uch nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi.
Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan erkaklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yana uch nafar bokschimiz yarim finalga chiqdi.Navbatdagi kungi bahslarda Shahobiddin Zoirov vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida hindistonlik Madan Lal ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bellashuvida Elnur Abdurahimov eronlik Golara Faroutanni mag‘lubiyatga uchratdi.
Yana bir tajribali sportchimiz Elshod Rasulov vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi chorak final bahsida qirg‘izistonlik Erkin Adilbek uuluga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqqan bokschilarimiz sakkiz nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha terma jamoamiz birinchi o‘rinda bormoqda.
Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqqan charm qo‘lqop ustalari joriy yilning 5-8-oktabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkaziladigan jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Mazkur jahon chempionatida bokschilar 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qiladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun bahslashadi.