Bokschilarimiz jahon kubogi sari yo‘l oldi
30 mart kuni Braziliyada erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha jahon kubogi bahslari start oladi va 5 aprel kuniga qadar davom etadi.
«World Boxing» tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan mazkur kubok bahslarida To‘lqin Qilichev boshchiligidagi bokschilarimiz ham ishtirok etadi. Quyida mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan charm qo‘lqop ustalari bilan tanishasiz:

-50 kg. Asilbek Jalilov;
-55 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov;
-60 kg. Madiyar Daniyarov;
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev;
-70 kg. Iqboljon Xoldorov;
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev;
-80 kg. Javohir Ummataliyev;
-85 kg. Akmaljon Isroilov;
-90 kg. To‘rabek Habibullayev;
+90 kg. Jahongir Zokirov
Mazkur musobaqa davomida bokschilarimizga To‘lqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar – Rahmatjon Ro‘zioxunov, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Nodir G‘ulomov, Lazizbek Zokirov, Botirjon Mahmudov o‘zlarining muhim va aniq ko‘rsatmalarini berib boradilar.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA