Boks: uch yillikdagi eng past ko‘rsatkich
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Krasnodar shahrida boks bo‘yicha 17-18 yoshli charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro turnir katta hayajon bilan o‘tdi.
Krasnodar shahrida tashkil etilgan mazkur XII xalqaro turnirda mamlakatimizning ikki nafar bokschisi hurmat shohsupasiga ko‘tarildi.
Rossiya federatsiyasiga yaqin bo‘lgan 10 ta davlatdan ziyod mamlakatlarning umidli sportchilari qatnashgan murosasiz bellashuvlarda vakillarizdan ikki nafar bokschi sovrindorlar safidan joy egalladi, deya xabar tarqatdi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
48 kilogramm vaznda jang olib borgan Asilbek Jalilov va 64 kg. og‘irlikda g‘oliblik uchun kurashgan G‘afurjon Tohirov bronza medali bilan kifoyalandi.
Aytish lozimki, ushbu xalqaro turnirda garchi sportchilarimiz sovrinli o‘rinlarni egallagan bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikricha, 6 nafar yosh bokschimiz qatnashgan Krasnodar musobaqasi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining keyingi uch yillik faoliyatidagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA