Boks: bugun 8 nafar yurtdoshimiz ringga chiqadi
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati bahslari davom ettiriladi.
Bugun Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati bahslari davom ettiriladi.
Musobaqaning ikkinchi kunida 8 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzahalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qoʻlqop ustalari ham bor.
Bokschilarimizning bugungi raqiblari:
Kunduzgi dastur:
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)
Kechki dastur:
-56 kg: Miraziz Mirzahalilov – Almanbet Alibekov (Qirgʻiziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vyetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Nxi Nguyen (Vyetnam)
Eslatib oʻtamiz, kecha boʻlib oʻtgan janglarda terma jamoamiz aʼzolari Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov hamda Yodgoroy Mirzayeva ilk bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtib, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.