Bojxonachilar kuni nishonlandi
26 yanvar – Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni
Ushbu sana munosabati bilan Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi, bojxona xizmati general-mayori A.Mavlonovning davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga tabrigi onlayn tinglandi.
[gallery-21438]
Shundan so‘ng Bojxona qo‘mitasining Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi tizimida faoliyat yuritib, mashaqqatli va sharafli xizmatlari tufayli yuqori natijalarni qayd etgan bir guruh xodimlar va bojxona faxriylari Bojxona qo‘mitasi va boshqarmaning ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tantanali tadbirda Guliston shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga “Yosh bojxonachi” ko‘krak nishonlari va badiiy kitoblar, bayram munosabati bilan o‘tkazilgan “Mini futbol” sport musobaqasi g‘oliblariga kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.
G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat),
O‘zA muxbirlari