Bog‘cha tarbiyachilarining maoshi qachon oshiriladi? (+video)
2024 yilda bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshi maktab o‘qituvchilarining oylik maoshlari bilan bir xil bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining tegishli farmonida nazarda tutilgan.
Bu haqda 1-noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2024-yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.
Tadbirda ishtirok etgan O‘zA muxbiri mas’ullarga “har yili o‘qituvchilar, shifokorlar va bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshlari oshirilishi haqida xabar tarqalishi, aslida bu nega amalga oshmayotgani, joylarda ayrim shifokorlar 2 mln so‘mdan maosh olayotganligi” yuzasidan mas’ullarga savol bilan yuzlandi va “ayniqsa, bog‘cha tarbiyachilarining oylik maoshi juda ham qoniqarsiz holatda ekanligi”ni qo‘shimcha qildi.
Savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy sohani moliyalashtirish departamenti direktori — Adham Eshjonov javob berdi. Uning ta’kidlashicha, agar o‘qituvchi yoki shifokor 1 stavka ish o‘rnida ishlayotgan bo‘lsa, demak ularning 2 mln so‘m miqdorda oylik olayotganligi haqiqatga mos kelmaydi.
Batafsil videoda
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EoEwL-FLIJA" title="Bog‘cha tarbiyachilarining maoshi qachon oshiriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>