Bodibildingchilarimiz jahon chempionatida 2 ta oltin medalli bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Vonju shahrida bodibilding va fitnes bo‘yicha o‘tkazilgan 14-jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 2 ta oltin medalga musharraf bo‘ldi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Baxshulla Sayfullayev bodibilding yo‘nalishida, Shohruxmirzo Ergashev fizik yo‘nalishda chempionatda ishtirok etgan 45 davlatning mahoratli sportchilaridan ustun kelgan holda oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Ularning g‘alabasi sharafiga Vonjuda O‘zbekiston madhiyasi yangrab, bayrog‘imiz yuksaldi.

Hamyurtlarimizdan Ibrohim Latipov va Vitaliy Skripachev 4-o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA