“Boburnoma” – jahon adabiyotida bebaho asar
Boburnoma — o‘zbek namunaviy adabiyotidagi bebaho asarlardan. Unda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug‘rofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor. O‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi ekanligi esa yanada muximroqdir.
Zahiriddin Muhammad Boburning memuar asari – "Boburnoma", nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonasi, shuningdek, jahon adabiyotining nodir namunalaridan biri sanaladi. Ushbu qomusiy asar 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Bobur va boburiylar sulolasiga oid bebaho manbalar jahonning 70 dan ortiq muzeylarida saqlanmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tayanch doktoranti Yulduz Zayniyeva shoh va shoir Bobur Mirzoning bebaho asari "Boburnoma"dagi izofli birikmalarning ingliz tilidagi tarjimalari, ayni kunlarda qilinayotgan ilmiy ishlar haqida ma’lumot berdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/QIHBQS_oy44?si=bCDLMmkNspd-vxqv" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA