Bobousmon Baturov keyingi bosqichga chiqdi
Bokschilarimiz “Tokio–2020” Olimpiya o‘yinlaridagi g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda.
Biroz avval bokschimiz Bobousmon Baturov(69 kg.) delegatsiyamizning bugungi kun dasturidagi ilk g‘alabasini taqdim qildi. Vakilimiz dastlabki bahsda dominikanlik raqibiga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang avvalidan o‘z ustunligini namoyish qilgan Baturov yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bobousmon shu tariqa chorak final bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda u britaniyalik Pet Makkormakka qarshi ringga ko‘tariladi.
Afsuski, dzyudochimiz Farangiz Hojiyeva va taekvondochi Svetlana Osipova dastlabki saralash bosqichida raqiblariga yutqazib qo‘ydi.
O‘zA